#️⃣tashrif
🔼Bugun, 13-may kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga zamonaviy beshkurash sportini rivojlantirish yuzasidan O‘zbekiston zamonaviy beshkurash va O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyalari raisi Bahromjon Gaziyev tashrif buyurdi.
✍️Dastlab, federatsiya raisi universitet mas’ullari hamrohligida oliygoh infrastrukturasi jumladan mavjud sport inshootlari, moddiy-texnik bazasi hamda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
💬Tashrif davomida federatsiya va universitet o‘rtasida 2025-2026 o‘quv yilidan zamonaviy beshkurash sport turi bo‘yicha kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish va ushbu sport turi moddiy-texnik bazasini shakllantirish va mustahkamlash, mazkur sport turi bo‘yicha o‘quv adabiyotlarini nashrga tayyorlash va chop etish, ilmiy tadqiqot ishlariga yosh olimlarni keng jalb etish, qo‘shma loyihalar va dasturlarni amalga oshirish, konferensiya va seminarlar o‘tkazish yuzasidan istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.
📌Ma'lumot o‘rnida: Zamonaviy beshkurash Olimpiya sport turi hisoblanadi va qilichbozlik, suzish, to‘siqli yugurish, o‘q otish va kross yugurish sport turlarini o‘z ichiga jamlaydi.