#ma’rifiy_tadbir
🎾🏸🏓Bugun, ana shu shior ostida universitetning Tennis, badminton, stol tennisi nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tomonidan iqtidorli talaba-yoshlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy, badiiy-musiqiy tadbir o‘tkazildi.
🎭🎼🎤Yuqori saviyada tashkil etilgan ushbu tadbirda kafedraning iqtidorli talabalari tomonidan yoshlar orasida turli jinoyatchilik, giyohvandlik va loqaydlik kabi salbiy xatti-harakatlarga nisbatan toqatsizlik muhitini shakllantirishga qaratilgan o‘ziga xos sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Shuningdek, talabalar ijrosidagi milliy raqslar va kuy-qo‘shiqlar ham yig‘ilganlar olqishiga sazovor bo‘ldi.
📜Tadbir so'ngida barcha faol ishtirokchilar turli nominatsiyalar bo‘yicha diplom va tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.