#talaba_yutuqlari
📆Joriy yilning 26-29 aprel kunlari Misr poytaxtida o‘tkazilgan sport gimnastikasi boʻyicha Jahon kubogida ishtirok etgan Oʻzbekiston terma jamoasi 2 ta bronza medaliga sazovor boʻldi.
🌟Quvonarlisi, mamlakatimiz sharafini himoya qilgan ushbu nufuzli musobaqada O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Gimnastika sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi 1-bosqich talabasi Abdulaziz Mirvaliyev tayanib sakrash dasturida 14.116 ball bilan 🥉bronza medali sohibiga aylandi.
✔️Parallel brusda bahslarida esa yana bir hamyurtimiz, ikki karra Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi Rasuljon Abdurasulov esa 13.866 ball jamgʻarib, kuchli 🥉uchlikni yakunlab berdi.
👏👏👏Sportchilarimizga jahon kubogining bronza medallari muborak bo‘lsin!