#kurash #mahorat_saboqlari
✅Joriy yilning 6-mart kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitet kurash majmuasida Xalqaro kurash assotsiatsiyasi Bosh kotibi Muhammad Rizo Nassiri boshchiligida 3 oylik onlayn kurs hamda kurash mutaxassislarini eksportga yo‘naltirishga mo‘ljallangan 3 oylik intensiv ingliz tili va kurash mutaxassisligi kurs tinglovchilari uchun navbatdagi mahorat saboqlari bo‘lib o‘tdi.
⏩Unda Xalqaro kurash assotsiatsiyasi Administratsiya rahbari Mansur Mirzayev, Xalqaro kurash instituti rektori Xabibulla Tadjiyev, Xalqaro kurash instituti ekspertlari hamda Milliy kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi professor-o‘qituvchilari qatnashdi.
📍Ochiq muloqot tarzida o‘tgan mahorat saboqlarida Muhammad Rizo Nassiri tomonidan kurash bo‘yicha xalqaro musobaqalarning tashkiliy masalalari, musobaqa nizomi, ID karta, vazn o‘lchash tartibi va talablari kabi muhim mavzularda ma’lumotlar berildi. Shuningdek, kurs tinglovchilari ham o‘zlarini qiziqtirgan savollarga kurash ekspertidan atroflicha javob olidilar.