#kun_nafasi
Madhiya – qalbida o‘z Vataniga muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bor har qanday kishida milliy g‘urur, o‘ziga xos faxr, eng muhimi yurtga mehr uyg‘otadi.
Bu milliy timsolda xalqning o‘tmishi, buguni va kelajagi, shuningdek, ziynati, orzu-o‘yi, maslak-maqsadi mujassam.
O‘zbekiston davlat madhiyasi yangraganda, "Serquyosh" so‘zi jaranglashi bilan butun vujudimizda ajib entikish, dilimizda cheksiz iftixor tuyg‘usini his etamiz.
Chunki unda yurtimiz tarovati, buyuk kelajak barpo etish yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan xalqimizning orzu-intilishlari, O‘zbekistonimizning jahon hamjamiyatida tobora yuksalib borayotgan obro‘-e'tibori, hech kimdan kam bo‘lmay, kelajakka qat'iy ishonch bilan intilayotgan yoshlarimizning azmu shijoati aks etgan.