#Rasmiy_bayonot
Xabaringiz bor, Prezident farmoni va hukumat qaroriga ko‘ra, davlat OTMning magistratura bosqichida o‘qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt-to‘lovlari qaytarish shartisiz qoplab berilishi belgilangan.
Bu tartib, shuningdek magistratura qishki qabulida to‘lov shartnoma asosida o‘qishga qabul qilingan xotin-qizlarga ham birdek amal qiladi.
Shu bois, magistraturaga tavsiya etilganlar ushbu imtiyozdan foydalanish maqsadida OTM rahbariyatiga ariza bilan murojaat qilishlari so‘raladi.
Ma'lumot o‘rnida, ushbu tartib belgilangan muddatga qadar ariza bermaganlarga, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinganlarga hamda nodavlat OTMning magistraturasi uchun tatbiq etilmaydi.