✅O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti o‘qituvchisi Ravshanova Nafisa Bahodirjon qizi tomonidan milliy kurash sportini raqamlashtirishga qaratilgan “SMART KURASH” loyihasi ishlab chiqildi.
💡“SMART KURASH — raqamli murabbiy” loyihasi milliy kurash turlari bo‘yicha sportchilarning harakatlarini sun’iy intellekt texnologiyalari asosida tahlil qilish imkonini beruvchi innovatsion tizimni yaratishga qaratilgan.
🟢Oddiy video tahlil tizimlaridan farqli ravishda, loyiha doirasida ishlab chiqilayotgan maxsus biomexanik modellar yordamida kurashchining harakatlari smartfon kamerasi yoki maxsus sensorlar orqali real vaqt rejimida kuzatiladi.
🤖Tizim sportchining harakatlarini tahlil qilib, aniqlangan xatolar yuzasidan ovozli yoki vizual signal orqali darhol tavsiya va ko‘rsatmalar beradi. Bu esa sportchiga texnik harakatlarini tezkor ravishda to‘g‘rilash va mashg‘ulot samaradorligini oshirish imkonini yaratadi.
📊Loyihaning amalga oshirilishi natijasida sportchilar tayyorgarligini boshqarishning raqamli, obyektiv va yuqori aniqlikdagi modeli yaratiladi.
🚀“SMART KURASH” loyihasi sport natijadorligini oshirish, murabbiylik faoliyatini zamonaviy texnologiyalar asosida optimallashtirish hamda sport ta’limiga sun’iy intellekt va innovatsion texnologiyalarni keng joriy etishga xizmat qiladi.

✔️Ilm — innovatsiya — sport — yutuq!
SPORT ILM-FANIDA YANGI INNOVATSION IŞLANMA: “POWER OF ARMWRESTLERS”
🗣️Özbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti tadqiqotçisi Kenjebayev Rufat Baxitoviç armrestling sportçilari kuç sifatlarini baholaşga möljallangan “Power of Armwrestlers” nomli innovatsion köp sensorli diagnostik trenajyorni yaratdi.
🔬Mazkur işlanma armrestling sportida kuç tayyorgarligini zamonaviy texnologiyalar asosida baholaş, sportçilarning individual imkoniyatlarini aniqlaş hamda maşğulotlar samaradorligini oşirişga qaratilgan.
🟢Trenajyorning asosiy afzalligi — sportçilarning kuç körsatkiçlarini baholaşda subyektiv yondaşuv örniga aniq ma’lumotlarga asoslangan individual baholaş modelidan foydalaniş imkoniyatidir.
⏩Uşbu qurilma yordamida sportçining kuç tayyorgarligini har tomonlama va tizimli baholaş, individual xususiyatlarini aniqlaş hamda maşğulot jarayonini olingan natijalarga muvofiq takomillaştiriş közda tutilgan.
🌎“Power of Armwrestlers” işlanmasi sport maşğulotlariga innovatsion texnologiyalarni joriy etiş, sportçilar tayyorgarligini ilmiy asosda takomillaştiriş va sport natijalarini oşiriş yölidagi muhim ilmiy-amaliy taşabbusdir.