O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti
Reja-moliya bo‘limi
Bo‘lim haqida
Bo‘lim boshlig‘i: Ibragimov Inomjon Ilhomovich
Manzil: Sportchilar ko‘chasi, 19-uy, Ma’muriyat binosi, 2-qavat
Elektron manzil: ibragimov_i84@mail.ru
I-toifali iqtisodchi: Ibragimov Zaynabidin Abdujalilovich
II-toifali iqtisodchi: Anvarova Irina Aleksandrovna
Bo‘limning asosiy vazifalari: Universitetning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini, daromadlar va xarajatlar smetalarini, vaqtinchalik xarajatlar smetalarini tuzish, tasdiqlatish va ro‘yxatdan o‘tkazish uchun tegishli yuqori moliya organiga taqdim etish;
universitetning boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarining shtatlar jadvalini tuzish, tasdiqlatish va ro‘yxatdan o‘tkazish uchun tegishli yuqori moliya organiga taqdim etish;
zarur xollarda o‘rnatilgan tartibda xarajat smetasi va shtat jadvaliga o‘zgartirishni kiritilishini ta’minlash;
universitetning daromadlari to‘g‘risida statistik ma’lumotlarni Davlat statistika qo‘mitasi hududiy bo‘linmalariga taqdim etib borish;
universitet faoliyatining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha istiqbolli rejalarini tuzishda ishtirok etish;
daromadlar manbaini ko‘paytirish, davlat-xususiy sherikchilik asosida ishlar hajmini kengaytirish bo‘yicha universitet rahbariyatiga takliflar tayyorlash;
universitet buxgalteriyasi va boshqa bo‘limlari bilan hamkorlikda ajratilgan mehnat resurslari va pul mablag‘larining maqsadli sarflanishini ta’minlash;
universitetning moliya-xo‘jalik va boshqa sohalarini buxgalterik va statistik ma’lumotlar asosida tahlil qilib borish;
universitet bo‘yicha tarmoq, shtatlar va kontingentga doir rejaning bajarilishi to‘g‘risidagi choraklik va yillik hisobot tuzish va yuqori tegishli moliya organiga topshirish bilan shug‘ullanadi.
©
Saytdagi materiallardan to`liq yoki qisman foydalanilganda, ushbu resursga havola etilishi shart
© 2022 O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti
PROACTIVE MEDIA tomonidan ishlan chiqildi