KAFEDRA TARIXI
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti “Sportni boshqarish” fakulteti tarkibidagi “Sport psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi bazasida 1958-yili tashkil etilgan bo‘lib, kafedraning birinchi rahbari A.M.Muhamedovdir. 1959 yildan 1962 yilgacha V.G.Sharov kafedrani boshqargan.
1962-yildan 1971 yilgacha pedagogika fanlari nomzodi, dotsent L.E.Lebedyanskaya “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi mudiri sifatida faoliyat yuritdi. U Respublikamizda birinchi bo‘lib o‘quv jarayoniga “Sport psixologiyasi” fanini kiritdi, mazkur fan bo‘yicha ta’lim berish yuzasidan metodologik asosni ishlab chiqdi, kafedraning shakllanishi va rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shdi. L.E.Lebedyanskayaning mehnati samarasi natijasida yuksak malakali mutaxassislar hamda trener-o‘qituvchilar guruhi yetishib chiqdi.
1972 yildan 1978 yilgacha pedagogika fanlari nomzodi, dotsent N.A.Yaxyarov kafedrani boshqardi. 1978 yildan 2012 yilgacha bir necha tanaffus bilan pedagogika fanlari nomzodi, professor Z. G. Gapparov, 1986-1987 va 2001-2003 yillari biologiya fanlari nomzodi, dotsent M. A. Tursunova kafedra mudiri sifatida faoliyat yuritdilar.
2011- 2012 o‘quv yilida psixologiya fanlari nomzodi U. D. Qodirov kafedra mudiri vazifasini bajargan.
2012 – 2020 o‘quv yillarida psixologiya fanlari nomzodi, dotsent D.N. Arzikulov kafedra mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.
2020-2021- o‘quv yilida psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) N.SH Umarova kafedra mudiri vazifasini bajargan.
2021-2023-o‘quv yillarida psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) A.M.Maxmudov kafedra mudiri lavozimida faoliyat olib borgan.
2023-2025-o‘quv yillarida pedagogika fanlari doktori (DSc)., professor Ishtaev Javlon Mavlonboyevich kafedra mudiri lavozimida faoliyat olib borgan.
2025-yil 15-sentyabrdan pedagogika fanlari doktori (DSc)., professor Shopulatov Abdimalik Nurullaevich kafedra mudiri lavozimida faoliyat olib bormoqda.
Kafedra tashkil etilgan davrdan beri O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jismoniy tarbiya va sport xodimi F. N. Nasriddinov, pedagogika fanlari doktori, professor I.R.Ahmedov, pedagogika fanlari nomzodlari, dotsentlar A.A.Azimov, N.I.Ivanova, U.S.Temirova, psixologiya fanlari nomzodlari, dotsentlar U.D.Qodirov H.T.Mahmudova, katta o‘qituvchilar Z.T.Sayitmetova, L.L.Kurishkina, T.P.Predibaylo, D.B.Vaxobova, D.R.Qudratova, D.B.Qosimova, G.S.Alixodjaeva, A.U.Xayitov, F.I.Haydarov, D.M.Yoqubova, E.N.Sirliyev, Y. B. Rahimboeva, Z.P. Rasulov, R.Minajiddinova va boshqalar talaba-yoshlarga ta’lim-tarbiya berish, kafedraning tashkiliy tuzilmasini rivojlantirish hamda takomillashtirish, ilg‘or an’analarni davom ettirishga munosib hissa qo‘shdilar. Bugungi kunda faoliyatini davom ettirayotgan hamda yangi professor o‘qituvchilar Z.G.Gapparov, Sh.Sh.Usmanova, I.Klimenko, B.F. Qurdoshev, O.X.Xasanov, D.Maxamatova, M.Abduxakimova, M.Akmuradov, G.Kasimova, S.Alfayzov, sport psixologiyasi va pedagogika fanlari bo‘yicha dars mashg‘ulotlarini olib bormoqda.
2023 yilda sport faoliyati shaxmat yo‘nalishi ham kafedraga qo‘shildi. Sport faoliyati shaxmat bo‘yicha ham professor o‘qituvchilar M.Musayev E.Jumanov, D.Davlatova, A.Tursunovalar amaliy va seminar mashg‘ulotlarini olib borishmoqda. Kafedramizga biologiya fanlari doctori, professor Korobeynikova Lesya Grigirivna Ukrainalik mutaxassis hamda psixologiya fanlari nomzodi, dotsent, Xalqaro sport psixologiyasi assosiatsiyasi prezidenti Ulyaeva Lira Gayazovna Rossiyalik mutaxassis ham faoliyat yuritadi. Kafedra professor-o‘qituvchilari bakalavriat bosqich talabalariga “Umumiy psixologiya”, “Psixologiya tarixi”, “Sotsial psixologiya”, “Sport psixologiyasi”, “Sport psixodiagnostikasi”, “Konsultativ psixologiya va psixokorreksiya”, “Psixologiya va sport psixologiyasi”, “Ontogenez psixologiyasi”, “Jismoniy tarbiya va sport pedagogikasi”, “Mehnat psixologiyasi”, “Oila psixologiyasi”, “Boshqaruv psixologiyasi”, kabi fanlaridan, magistratura bosqichida tahsil olayotgan talabalarga “Sportda psixotexnologiyalar”, “Sport psixologiyasi metodologiyasi”, “Psixologiyada tadqiqotlarni rejalashtirish”, “Paralimpiya sportida psixologik tayyorgarlik”, “boshqaruv psixologiyasi” fanlari bo‘yicha ta’lim berib kelishmoqda. Shu bilan birga kafedra professor-o‘qituvchilari O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi huzurida Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tinglovchilariga ham ma’ruzalar o‘qishmoqda. Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan hozirgi kungacha 500 dan ortiq darslik, monografiya, o‘quv-uslubiy qo‘llanma, ilmiy maqola va tavsiya, elektron adabiyotlar yaratilgan va nashr etilgan.
Kafedrada 2025 yildan boshlab Sport psixologiyasi laborataoriyasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Kafedrada 2009 yili 5210200 – Psixologiya (sport) bakalavr yo‘nalishi ochildi. Hozirgi kunda 95 nafar talaba mazkur yo‘nalish bo‘yicha ta’lim olmoqda. Kafedra tashkil bo‘lgandan buyon 3 nafar pedagogika fanlari doktori (DSc), 2 nafar o‘qituvchi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Ayni vaqtda kafedra o‘qituvchilaridan 5 nafari PhD dissertatsiyasi, 2 nafari DSc dissertatsiyasi ustida ish olib bormoqda. Turli sport federatsiyalari bilan shartnomalar tuzib, sportchilarga psixologik-pedagogik yo‘nalishda maslahatlar berish, psixokorreksion, psixodiagnostik ishlarni amalga oshirish borasida ham muayyan natijalarga erishilmoqda.
PROFESSOR O‘QITUVCHILAR TOMONIDAN NASHR ETILGAN ADABIYOTLAR

PROFESSOR O'QITUVCHILAR TARKIBI

Sport psixologiyasi va pedagogika kafedrasi mudiri
Pedagogika fanlari doktori (DSc) professor
Shopo‘latov Abdumalik Nurullaevich
Email: matonat1981@gmail.com

Kafedra professori; Pedagogika fanlari doktori
Gapparov Zakhid Gapparovich.

Kafedra professori; Pedagogika fanlari doktori (DSc)
Ishtaev Javlon Mavlonboevich

Kafedra professori; Biologiya fanlari doktori (DSc)
Lesia Korobeinikova Grigorevna

Kafedra Dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi
Klimenko Irina Viktorovna

Kafedra v.b dotsenti; Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Xasanov Otabek Xamidjonovich

Kafedra Dotsenti
Jumanov Elbek Mamatkul o'g'li

Kafedra v.b dotsenti; Usmanova Shaxlo
E-mail: usmanovash@rambler.ru

Kafedra katta o‘qituvchisi;
Qurdoshev Behzod Fazliddinovich

Kafedra katta o‘qituvchisi;
Musayev Masut Tulkunovich

Kafedra o‘qituvchisi;
Maxamatova Dildora Orifovna

Kafedra o‘qituvchisi;
Abduxakimova Maxfuza
E-mail: maxfuzaadbuxakimova@gmail.com

Kafedra o‘qituvchisi;
Kasimova Guljamol
E-mail: guljamalkasimova2@gmail.com

Kafedra o‘qituvchisi;
Davlatova Diyora Zayniyevna

Kafedra o‘qituvchisi;
Alfayzov Saloxiddin Abdusalomvich
E-mail: saloxiddin.alfayzov@jtsu.uz

Kafedra o‘qituvchisi;
Qaxxorova Shoxsanam Abduzoirovna

Kafedra o‘qituvchisi;
Turmatov Jasurbek Tolibjon o'g'li

Kafedra o‘qituvchisi;
Tursunova Aziza Baxrom qizi




