Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida oliygohning Futbol fakulteti tomonidan talaba-yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus targ‘ibotiga qaratilgan ma’naviy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda universitet Yoshlar bilan ishlash ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i R. Babajanov, fakultetning Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘ycha dekan movuni X.Xolmuratov, o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida talabalar tashabbusning birinchi yo‘nalishi bo‘yicha o‘qigan badiiy adabiyotlarining mazmun-mohiyati yuzasidan o‘zlarining fikr-mulohazalarini bildirib, “Mening universitetim” nomli tasviriy ijod namunalari, shuningdek, ijro mahoratlarini namoyon etishdi.