Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Qishki va murakkab-texnik sport turlari fakulteti Murakkab-texnik sport turlari kafedrasi ot sporti ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti hamda O‘zbekiston Respubikasi Milliy gvardiyasi ot sporti bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi mas’ullari ishtirokida tashkil etilgan davra suhbati avvalgi tadbirlarimizning mantiqiy davomi hisoblanadi.
Unda ot sporti bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi direktori o‘rinbosari Sanjar Qurbonov ot sportining rivojlanish bosqichlari va istiqbollari to‘g‘risida taqdimot qildi. Taqdimotda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 11 martdagi “Yilqichilik va ot sportini yanada rivojlantirish hamda zamonaviy beshkurash va polo sport turini ommalashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5024-sonli, 2021 yil 5 avgustdagi “O‘zbekistonda yilqichilik, ot sporti, zamonaviy beshkurash va poloni 2025 yilgacha rivojlantirish davlat dasturi to‘g‘risida”gi PQ-5211-sonli hamda “Chavandozlar maktablari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5212-sonli qarorlarning mazmun-mohiyati tushuntirildi va ot sporti turlarini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida foydali ma’lumotlar berildi.
Tadbir so‘ngida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.