#Tanlov
Hurmatli talabalar, yodingizda bo‘lsa, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Yoshlar bilan ishlash ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tomonidan yozgi ta’tilni maroqli o‘tkazish maqsadida talaba-qizlar o‘rtasida “Yoz o‘tmoqda-soz” shiori ostida online videoroliklar tanlovi e’lon qilgan edi.
Tanlov joriy yilning 2022-yil 15-iyuldan 7-avgustga qadar davom etib, yuborilgan videoroliklar tashkiliy qo‘mita tomonidan qabul qilindi va har bir jihati e’tiborga olingan holda ko‘rib chiqildi.
Yakuniy natijalar shuni ko‘rsatadiki:
1-o‘ringa Yakkakurash sport o‘yinlari fakulteti QB 51-21 guruh talabasi Bekjanova Shahina loyiq deb topildi!
2-o‘rinni Magistratura bo‘limi MSF 55-21 guruh talabasi Sultonova Nodira band qildi!
3-o‘rinni esa Sportni boshqarish va turizm fakulteti BG 51-21 guruh talabasi Usmonova Hafiza qo‘lga kiritdi!
Mazkur o‘rinlarni egallagan g‘olibalar universitet rektorining I, II va III darajali diplomlari, shuningdek:
1-o‘rin bir yarim million (1500000) so‘m,
2-o‘rin bir million (1000000) so‘m,
3-o‘rin besh yuz ming (500000) so‘m pul mukofotlari bilan ham taqdirlanadilar.
Hatto ta’tilda ham tinib-tinchimaydigan talaba-qizlarimizga balli deb qolamiz!