2022-yilning 8-aprel kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi tashabbusi bilan “Balli, qizlar!” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.
Tadbirda “Sportni boshqarish va turizm” hamda “Tibbiyot” fakultetlari talaba qizlari ishtirokida ishtirok etdi. 7 shart asosida bahs olib borgan talaba qizlarning iqtidori, ma’naviy-ma’rifiy saviyasi, chaqqonligi, epchiligi Universitet xotin-qiz professor-o‘qituvchilaridan iborat hakamlar tomonidan baholanib, tanlov g‘olibi “Tibbiyot” fakulteti talabalari deb topildi va g‘olib talaba qizlar esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.