🏆O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti “Suv sporti turlari nazariyasi va uslubiyati” kafedrasida talaba-yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda ularda vatanparvarlik va intilish tuyg‘ularini mustahkamlash maqsadida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.
⚡️Ushbu uchrashuvda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Suv sporti turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi talabalari Yaponiyaning Aichi-Nagoya shahrida o‘tkazilgan XX Osiyo o‘yinlari sovrindorlari — Akademik eshkak eshish bo‘yicha (M4 — erkaklar o‘rtasida 4 kishilik rulchisiz qayiq, 2000 metr masofada) D. Xudoyberdiyev va Baydarkada eshkak eshish bo‘yicha (K1 — ayollar o‘rtasida bir kishilik baydarka, 500 metr masofada) A. Tanatmisheva qatnashdilar.
✅Uchrashuvda kafedraning iqtidorli sportchilari aynan shu dargohda tahsil olib, xalqaro maydonlarda mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilayotgani alohida e’tirof etildi.