✔️2025/2026-o‘quv yilida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida o‘quv jarayonini samarali tashkil etish, ta’lim sifatini oshirish va mavjud imkoniyatlardan oqilona foydalanish borasida qator ishlar amalga oshirildi.
📶Jumladan, O‘quv-uslubiy boshqarma, Karyera markazi, Axborot-resurs markazi, Qo‘shma ta’lim dasturlari, Magistratura hamda Xorijiy talabalar bilan ishlash bo‘limi tomonidan ta’lim jarayonini takomillashtirish, zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish, talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlarni kengaytirish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish yo‘nalishlarida muhim ishlar amalga oshirildi.
⚡️2026/2027-o‘quv yilida esa ta’lim jarayonini yanada raqamlashtirish va boshqaruv samaradorligini oshirishga alohida e’tibor qaratilishi belgilandi.
Xususan:
🧢o‘quv yuklamalarini taqsimlash jarayonini 100 foiz raqamlashtirish;
🧢o‘quv dasturlarini ilg‘or xalqaro tajriba asosida takomillashtirish;
🧢EDMS va boshqa raqamli platformalardan samarali foydalanish;
🧢bo‘sh auditoriyalarni real vaqt rejimida aks ettiruvchi smart doskalarni joriy etish;
🧢xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yanada kengaytirish;
🧢talabalar uchun amaliyot va ish imkoniyatlarini kengaytirish hamda talabalar bandligini oshirish kabi vazifalar ustuvor yo‘nalishlar sifatida belgilandi.
📈Mazkur vazifalarning izchil amalga oshirilishi ta’lim jarayonini zamonaviy talablar asosida tashkil etish, boshqaruv samaradorligini oshirish hamda talabalar uchun yanada qulay ta’lim muhitini yaratishga xizmat qiladi.