2026-yil 1-iyul kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Turon fanlar akademiyasining tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
🌎Unda universitet rektori Rashid Matkarimov Turon fanlar akademiyasining akademigi faxriy unvoni hamda "Turon fanlar akademiyasiga 10 yil" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
🎉Tadbir davomida akademik diplomi va "Akademik" ko‘krak nishoni tantanali ravishda topshirildi.
⚡️Mazkur yuksak e’tirofni Turon fanlar akademiyasi vitse-prezidenti, texnika fanlari doktori, professor Iskandarov Zafar Samandarovich topshirdi hamda universitet rektorini ushbu nufuzli unvon bilan tabriklab, ilm-fan va ta’lim sohasidagi kelgusi faoliyatiga ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.
✅Ushbu e’tirof Rashid Matkarimovning ilmiy-pedagogik faoliyati, jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish, ilm-fan taraqqiyotiga qo‘shayotgan munosib hissasi hamda ta’lim tizimidagi samarali mehnatining yuksak bahosi hisoblanadi.