O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori Rashid Matkarimov xizmat safari bilan universitetning Nukus filialida bo‘lib turibdi. (https://t.me/uzdjtsu_rasmiy/38186)
🕓 Kunning ikkinchi yarmida rektor Rashid Matkarimov raisligida universitet hamda uning Nukus filiali o‘rtasida ZOOM platformasi orqali kengaytirilgan Kengash yig‘ilishi o‘tkazildi.
📝 Majlis kun tartibida:
⏺“Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati;
⏺PF-58-sonli Farmon — “Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar tizimini takomillashtirishning qo‘shimcha 🟡chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hujjat asosiy yo‘nalishlari;
🟣universitet Nukus filialida amalga oshirilayotgan ishlar keng muhokama qilindi.
🔅 Xususan, quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:
🟢ilmiy faoliyatni rivojlantirish;
🟢ta’lim sifatini yanada oshirish;
🟢ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etish;
🟢filialning moliyaviy barqarorligini mustahkamlash;
🟢xalqaro hamkorlikni kengaytirish.
✅ Yig‘ilish yakunida ko‘tarilgan masalalar ijrosi yuzasidan mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi.