Davlatimiz rahbari tomonidan joriy yilning 7-aprel kuni jismoniy tarbiya va sport sohasi vakillari ishtirokida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida haftaning har shanba kuni “Sport kuni” sifatida tashkil etilishi yo‘lga qo‘yildi.
🗣️Mazkur tashabbus sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, jamoada sport madaniyatini yuksaltirish hamda xodimlarning jismoniy faolligini oshirishga xizmat qilmoqda.
🔺Bugun universitet professor-o‘qituvchilari, ilmiy xodimlar, doktorantlar hamda ishchi-xodimlar o‘rtasida ommaviy sport turlari – voleybol va stol tennisi bo‘yicha qiziqarli va murosasiz musobaqalar tashkil etildi. Bellashuvlar yuqori ruhda, do‘stona muhitda o‘tdi hamda ishtirokchilar o‘z jamoaviy hamkorligi, chaqqonligi va sport mahoratini namoyon etdilar.
😃Musobaqalar nafaqat sog‘lom raqobat muhitini shakllantirdi, balki jamoa a’zolari o‘rtasida o‘zaro hamjihatlik va birdamlikni yanada mustahkamlashga xizmat qildi. Shu bilan birga, bunday sport tadbirlari xodimlarning ish samaradorligini oshirish, ruhiy tetiklikni ta’minlash va sog‘lom hayot tarzini qaror toptirishda muhim ahamiyat kasb etadi.