2026-yil 12-mart kuni Taekvondo, qilichbozlik nazariyasi va uslubiyati kafedrasi mudiri B.Sh. Rahmatov, kafedra professor-o‘qituvchilari hamda talabalari ishtirokida Payshanba – Yoshlar kuni munosabati bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida talaba-yoshlarga Prezidentimiz tomonidan yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ularning sifatli ta’lim olishi, sport bilan muntazam shug‘ullanishi hamda o‘z iqtidor va salohiyatlarini namoyon etishlari uchun yaratilgan sharoitlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, uchrashuv jarayonida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning sport sohasidagi yutuqlarini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutaxassislar tomonidan kerakli tavsiya va tushuntirishlar berildi. Uchrashuv samimiy va ochiq muloqot tarzida o‘tib, talaba-yoshlarda kelajakdagi maqsad va intilishlarini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.