Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan 24-fevral kuni yoshlar bilan uchrashuvda belgilab berilgan vazifalar doirasida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.
✔️ O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori R. Matkarimov ishtirokida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
⏺ Uchrashuv davomida yoshlar uchun ta’lim olish, xorijiy tillarni o‘rganish, kasb-hunar egallash, startap va innovatsion loyihalarni rivojlantirish, yosh tadbirkorligi hamda bandlik masalalari yuzasidan yaratilayotgan yangi imkoniyatlar muhokama qilindi. Talabalar tomonidan bildirilgan taklif va muammolar ko‘rib chiqilib, mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.
📝 Tadbirda universitet rahbariyati, kafedra mudirlari hamda talabalar faol ishtirok etdi.
✍️ Mazkur uchrashuv yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishga yo‘naltirilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.