2026-yil 4–mart kunlari O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi tashabbusi bilan FIJITAL sportning “JUST DANCE” turi bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi.
🇺🇿Musobaqani Fijital sport federatsiyasi sport bo‘limi boshlig'i Xusan Nasrullayev ochib berdi. JUST DANCE musobaqasida 20 dan ortiq talaba qizlar hamda professor o‘qituvchilar ishtirok etdi.
✅Musobaqa universitetimizda faoliyat olib borayotgan ayol professor-o‘qituvchilar, ishchi xodimlar hamda talaba qizlar uchun bahorning eng go‘zal ayyomi — 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayramona kayfiyat ulashish va ularning jismoniy faolligini oshirish maqsadida tashkil etildi.
Musobaqadan ko‘zlangan maqsad;
🔴Talaba qizlar o‘rtasida “Just Dance” yo‘nalishini ommalashtirish
🔴 Respublika musobaqalariga saralash bosqichini o‘tkazish
🔴Iqtidorli sportchi va jamoalarni aniqlash
🔴Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish
🔴Fijital “Just Dance” yo‘nalishini rivojlantirish
➡️ Bellashuvlar jamoaviy va yakka tartibda o‘tkazildi.
➡️Ishtirokchilar Ubisoft tomonidan ishlab chiqilgan Just Dance Now dasturi orqali bellashdilar.
Yakuniy natijalarga ko‘ra;
🥇-o‘rin Xusanova Jahona, Magistratura talabasi
🥈-o‘rin Abdug'afforova Mehrangiz, Chim ustida xokkey ixtisosligi talabasi
🥉-o‘rin Ergasheva Jayrona, Badiiy gimnastika ixtisosligi talabasi
🥉-o‘rin Ruzimuhammadova Ruxshona, Taekvondo, ixtisosligi talabasi egalladi
🎉Yakunda esa ishtirokchilar esdalik sovg'alar bilan taqdirlandilar.