O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida” PF - 207-son Farmonining 1-ilovasiga muvofiq tasdiqlangan 2025–2026-yillarga mo‘ljallangan kompleks amaliy harakatlar Milliy dasturining 29-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida tanlov o‘tkaziladi.
😃Shuningdek, yoshlar o‘rtasida psixofaol moddalarning tarqalishiga batamom chek qo‘yish, yoshlarda giyohvandlik illatiga murosasiz munosabatni shakllantirish hamda giyohvandlikka qarshi immunitetni mustahkamlash maqsadida:
🎨“Eng yaxshi rasmlar”
📝“Eng yaxshi insholar”
tanlovlari e’lon qilinadi.
📌Tanlov mavzusi:
“Yoshlar – giyohvandlikka qarshi!”
🗓2026-yil 5-mart
📍S-bino, 205-auditoriya
🔘Barcha faol va ijodkor yoshlarni tanlovda ishtirok etishga taklif etamiz!