Ayni kunlarda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori R.Matkarimov boshchiligidagi delegatsiya Janubiy Koreyaning Gyeongsang Milliy universitetida xizmat safarida bo‘lib turibdi.
✅Mazkur xizmat safaridan ko‘zlangan asosiy maqsad — Janubiy Koreya oliy ta’lim muassasalari bilan ta’lim va sport sohalarida hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, xususan nufuzli Gyeongsang Milliy universiteti bilan uchrashuv va muzokaralar o‘tkazish, ikki tomonlama hamkorlik memorandumini imzolash hamda investitsiya mablag‘larini jalb etishdan iborat.
Delegatsiya xizmat safari doirasida dastlab, 9-fevral kuni Kukkiwon — Butunjahon taekvondo assotsiatsiyasiga hamda Taekvondo sport turini targ‘ib qilish markaziga tashrif buyurdi. Tashrif davomida Kukkiwon rahbariyati va universitetimiz vakillari o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.
🟢Uchrashuvda O‘zbekistonda taekvondo sport turini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikda amalga oshirib kelinayotgan loyihalar ko‘lamini yanada kengaytirish, talabalar va sportchilar almashinuvi dasturlarini yo‘lga qo‘yish, shuningdek Kukkiwon akademiyasida o‘tkaziladigan trening va seminarlar jarayonida universitet vakillari ishtirokini ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Tomonlar o‘zaro hamkorlik aloqalarini izchil rivojlantirish va mustahkamlash bo‘yicha kelishuvga erishdilar.
Shundan so‘ng, Taekvondo sport turini targ‘ib qilish markazi faoliyati bilan tanishildi. Ma’lumot o‘rnida ushbu markazda mashg‘ulotlar, yig‘inlar, musobaqalar va amaliy tayyorgarlik mashg‘ulotlari olib boriladi.
➡️Faoliyati:
🟢 Professional va yosh sportchilar uchun o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari
🟢 Xalqaro seminar va treninglar;
🟢 Murabbiylar va hakamlar tayyorlash;
🟢 Talabalar va sportchilar almashinuvi dasturlari;
🟢 Taekvondo bo‘yicha ilmiy-amaliy tadqiqotlar;
🟢 Xalqaro musobaqalar va ko‘rgazmali chiqishlar tashkil etiladi.
➡️Markaz tarkibida:
🟢 Bir nechta zamonaviy sport zallari
🟢 Ochiq va yopiq arenalar
🟢 Taekvondo muzeyi
🟢 Yotoqxona va sportchilar uchun infratuzilma mavjud.
📝Xizmat safari doirasida amalga oshirilayotgan uchrashuv va muzokaralar yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar berib boriladi.