Joriy yilning noyabr oyidan boshlab shaybali xokkey bo‘yicha O‘zbekiston ochiq chempionati o‘tkazilmoqda. Musobaqada Qirg‘iziston va O‘zbekiston jamoalari ishtirok etib, o‘zaro murosasiz bahslar olib bormoqdalar.
Quvonarlisi, musobaqada universitetimiz vakillari ham faol ishtirok etmoqda:
👨🏫 Baxtiyor Rashidov — Qishki va murakkab-texnik sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi o‘qituvchisi, “Binokor (Tashkent)” jamoasi murabbiyi sifatida faoliyat yuritmoqda.
🏒 Terma jamoa safida ishtirok etayotgan sportchilarimiz:
🟢Rustam Irgashov
🟢Loren Petrosyan
🟢Albert Dadaxadjayev
🟢Oleg Semyonov
🟢Muhammadali Boxodirov
🟢Huzayfa Alimuhamedov
🟢Ahmad Raxmatullayev
Ular yurtimiz sharafini munosib himoya qilib, yuqori mahorat va irodani namoyish etmoqdalar.
💪 Oldinda yanada keskin bahslar kutmoqda!
Sportchilarimizga kuch-g‘ayrat va omad tilaymiz!
Olg‘a, yigitlar!
📺 Jonli translyatsiya havolasi:
https://youtube.com/live/m_5NgbvDuJk?feature=share