2025-yil 28-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti “Menejment va sport tadbirlarini tashkil etish” kafedrasi tomonidan
“Yangi O‘zbekiston sharoitida sport sohasini barqaror rivojlanishi: dolzarb muammolarni hal etishda sport menejerlari va marketologlarining o‘rni” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
🩺 Tadbirda Koreya, Bangladesh, Qirg‘iziston va Qozog‘istondagi sport tashkilotlari vakillari ishtirok etib, sport menejmenti, marketing, raqamlashtirish, sport tadbirlarini tashkil etish, innovatsion boshqaruv texnologiyalari va xalqaro tajriba masalalari IV ta sho‘bada keng muhokama qilindi.
➡️ Sho‘balar yakunida ishtirokchilarning taklif va ilmiy g‘oyalariga asoslangan amaliy xulosalar ishlab chiqildi. Tadbir so‘ngida eng faol ma’ruzachilar taqdirlandi hamda konferensiya materiallarini nashrga tayyorlash jarayoni boshlandi.