Joriy yilning 10–15 noyabr kunlari Yoshlar masalalari va madaniy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Sh. Mirzanov, Gimnastika nazariyasi va uslubiyati kafedrasi professori S. Eshtayev, O‘zbek va chet tillari kafedrasi mudiri N. G‘afforov, Milliy kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi mudiri N. Chorshamiyev, Adaptiv jismoniy tarbiya va parasport kafedrasi mudiri Sh. G‘ofurov, Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati kafedrasi dotsentlari M. Nuriddinova va G. Solixovadan iborat O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti delegatsiyasi M. Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universitetida xizmat safarida bo‘lib qaytdi.
📑Tashrif davomida vakillarimiz M. Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda O‘zbekali Jänibekov nomidagi Janubiy Qozog‘iston pedagogika universiteti hamkorligida boshlang‘ich harbiy tayyorgarlik fani o‘qituvchilarining jismoniy tayyorgarligi sohasida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va tayyorlov sifati oshirishga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqish bo‘yicha o‘tkazilgan foresight sessiyalarida faol ishtirok etdilar.