🇺🇿 “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” — Prezident olimpiadasi start oladi! 🏅
🇺🇿Davlatimiz rahbari 2025-yil 13-fevral kuni o‘tgan videoselektor yig‘ilishida sportchi yoshlarni saralash va ularning mahoratini oshirish bo‘yicha muhim topshiriqlar bergan edi.
🌎Shunga muvofiq, mamlakatimizda seleksiya, sport ta’limi va olimpiya tizimini yangi bosqichga olib chiqish ishlari boshlangan.
➡️ Hududlardagi 254 ta sport maktabi va 56 ta ixtisoslashgan olimpiya maktablari milliy terma jamoalarning asosiy zaxirasi hisoblanadi.
🟢Saralangan yoshlar tana antropometriyasi va qobiliyatiga qarab, maqsadli tayyorlanadi.
➡️ Ularning mahoratini oshirish uchun yiliga ikki marotaba “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” musobaqalari o‘tkaziladi.
Viloyat bosqichi g‘oliblari har yili dekabr oyida "Olimpiya shaharchasida bo‘lib o‘tadigan “Prezident olimpiadasi” da ishtirok etadi.
🗣 G‘oliblar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi, 1–2-o‘rin sohiblari esa Respublika Olimpiya va Paralimpiya markazlariga qabul qilinadi.
📝 Joriy yilning 23 noyabr – 3 dekabr kunlari Toshkent shahridagi Olimpiya shaharchasida “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” sport musobaqalarining Respublika final bosqichi — “Prezident olimpiadasi” bo‘lib o‘tadi.
🇺🇿 Unda mamlakatimizning 14 ta hududidan 3800 nafar sportchi ishtirok etishi kutilmoqda.
✔️Bugun esa O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Sport vazirligi Ommaviy sportni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Sh. Olimov ishtirokida mazkur musobaqalarni o‘tkazishda valontyorlikka jalb qilinadigan universitet talabalari bilan uchrashuv o‘tkazilib, unda mazkur yirik tartibdagi musobaqani o‘tkazishda valontyorlarning roli va ularning vazifalari tushuntirib o‘tildi.
🌎 Yosh volontyorlar “Prezident olimpiadasi”ni yuqori saviyada tashkil etishga o‘z hissasini qo‘shadi!