✅ O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
📅 2025-yil 12-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida “Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi o‘rni” shiori ostida O‘zbek va chet tillari kafedrasi a’zolari tomonidan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
🗣 Tadbir doirasida talaba yoshlar ishtirokida ijodiy tanlovlar o‘tkazildi.
📚 “O‘zbekiston — milliy qadriyatlarni ulug‘lovchi yurt” nomli o‘zbek, rus va ingliz tillarida ijodiy esse tanlovi, shuningdek “Milliy she’riyat kechasi” doirasida Buyuk shoir, O‘zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov ijodiga bag‘ishlangan kecha bo‘lib o‘tdi.
🎤 Tadbir davomida talabalar milliy qadriyatlar, she’riyat va ma’naviyat mavzusida o‘z ijod namunalari bilan ishtirok etdilar.