🥇🥇🥇 Riyod-2025: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti magistranti Akbar Jo‘rayev delegatsiyamizga 3 ta oltin medalni qo‘shib qo‘ydi.
Og‘ir atletika bo‘yicha 110 kg vazn toifasidagi bahslarda ishtirok etgan Akbar dast ko‘tarish bahslarida 183, 188 va 193 kilogramm og‘irlikdagi toshlarni muvaffaqiyatli ko‘tarib, ushbu yo‘nalishda oltin medal sohibiga aylandi, siltab ko‘tarishda 222 va 227 kilogramm og‘irlikdagi toshlarni muvaffaqiyatli ko‘tardi. Ikki kurash yakuniga ko‘ra u 420 kilogramm natija qayd etib, yana ikki oltin medalni qo‘lga kiritdi!
✔️Shu tariqa, u musobaqani uch karra oltin medal sohibi sifatida yakunlamoqda.