👦Bugun universitet Madaniyat saroyida O‘zbekiston davlat Satira teatri jamoasi tomonidan Mahmudxo‘ja Behbudiyning mashhur “Padarkush” asari asosida sahnalashtirilgan spektakl namoyish etildi.
✔️Asar muallifi – buyuk ma’rifatparvar, XX asr Markaziy Osiyo jadidchilik harakatining yirik namoyandasi Mahmudxo‘ja Behbudiy, spektaklning sahnalashtiruvchi rejissyori esa Jo‘rabek Ro‘zmetovdir.
➡️Tomoshada yolg‘iz o‘g‘li Toshmurodni erkalatib, aytganini rad etmay tarbiyalagan boyning taqdiri orqali ilm va tarbiyasiz ulg‘aygan yoshlarning hayotiy fojeasi aks ettirilgan. Domullo va Ziyoli kabi obrazlar orqali asarda jamiyatni ma’rifatga chorlovchi g‘oyalar ilgari surilgan. Biroq Boy ularning nasihatlariga quloq solmaydi. Bir kuni otasidan pul olib, kayfu safoga berilgan Toshmurod bezorilar bilan til biriktirib, o‘z uyiga o‘g‘irlikka tushadi va kutilmaganda o‘z otasining qotiliga aylanadi.
🟢Spektakl orqali ilm va tarbiyasiz ulg‘ayayotgan bolalarning qilmishlari oqibati, ota-onalarning beparvoligi hamda yosh avlod taqdiridagi mas’uliyatsizlik masalalari kulgi orqali keskin tanqid qilinadi.