🎉🥈O‘zDJTSU talabasi Diyorbek Ro‘zmetov Islom birdamlik o‘yinlari kumush medali sovrindori
9-noyabr kungi og‘ir atletika bellashuvlar sportchilarimiz uchun muvaffaqiyatli va sermahsul yakunlandi. Musobaqada ishtirok etgan 3 nafar vakilimizning barchasi shohsupadan joy egallashdi.
Kun yakunlari bo‘yicha og‘ir atletikachilarimiz delegatsiyamiz hisobiga 1 ta oltin, 5 ta kumush va 1 ta bronza medallarini taqdim etishdi. Jami — 7 ta medal!
➡️Biz uchun ahamiyatli tomoni ushbu bellashuvlarda -71 kg vazn toifasida ishtirok etgan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabasi Diyorbek Ro‘zmetov dast ko‘tarish yo‘nalishida 148 kg og‘irlikdagi toshni muvaffaqiyatli ko‘tarib, delegatsiyamiz hisobiga kumush medalni qo‘shib qo‘ydi .
🔺Diyorbek Ro‘zmetovni Islom birdamlik o‘yinidagi ushbu yutug'i bilan universitet jamoasi nomidan samimiy tabriklaymiz va bundan keyingi musobaqalarda ham unga omad tilab qolamiz.