O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida mini-futbol bo‘yicha “Liga” musobaqasi tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 3-noyabrdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlarni tayyorlash hamda ilmiy-tadqiqotlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–414-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 7-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Futbol nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tomonidan Toshkent viloyati Chirchiq shahri aholisi o‘rtasida ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida mini-futbol bo‘yicha “Liga” musobaqasi tashkil etildi.
Musobaqada 10 ga yaqin yoshlar va o‘smirlar futbol jamoalari o‘zaro kuch sinashdi. Bellashuvlar qiziqarli, murosasiz va sport ruhiga monand tarzda o‘tdi.
Natijalar quyidagicha taqsimlandi:
🏆 🥇1-o‘rin — universitet qoshida tashkil etilgan “NASAF KIDS” jamoasi;
🥈 2-o‘rin — Nurafshon shahrining “NURAFSHON KIDS” jamoasi;
🥉 3-o‘rin — Qibray tumanining “ANKABT” jamoasi.
Mazkur musobaqa yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, mini-futbolni ommalashtirish va istiqbolli yosh futbolchilarni aniqlashga xizmat qildi.