🧾Joriy yilning 3-4-noyabr kunlari O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida dyuzdo bo‘yicha sport ustasi Aziz Saidov xotirasiga bag'ishlangan V-xalqaro ochiq turnir bo‘lib o‘tdi.
🔘Musobaqani Chirchiq shahar hokimi Murodjon Abdurahimov yosh dyuzdochilarga bag'ishlangan iliq fikrlari bilan ochib berdi. Shundan so‘ng universitetning birinchi prorektori Sherzod Mirzanov so‘zga chiqib, barcha ishtirokchilarga omad tiladi.
✔️Ushbu xalqaro ochiq turnirda 2009-2010-yillarda tug‘ilgan o‘smir bolalar hamda qizlar 2011-2013-yil yosh toifasidagi kichik o‘smirlar, jami 700 nafarga yaqin yosh dyuzdochilar qatnashmoqdalar.
👦Mazkur xalqaro turnirda mamlakatimiz sportchilari bilan qatorda qo‘shni davlatlar jumladan: Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikistondan kelgan dyuzdochilar o‘z omadlarini sinovdan o‘tkazishdi.