➡️Chirchiq shahridagi 37-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti bilan tuzilgan hamkorlik shartnomasiga muvofiq 2025-yil 15-oktyabr kuni ta’lim tashkilotining sport bazasida “Ommaviy sportni rivojlantirish bolalarda sog’lom turmush tarzini shakllantirishning asosi” shiori ostidagi ommaviy sport tadbiri o’tkazildi.
✅Tadbir “Menejment va sport tadbirlarini tashkil etish kafedrasi” va Universitet Sport klubi tomonidan tashkil etildi. Tadbir tashkil etish va o’tkazishda “Menejment va sport tadbirlarini tashkil etish kafedrasi”ning 1-bosqich MMN 51-25 guruh magistrantlari faol ishtirok etdi. Tadbir davomida ommaviy sportning mini-futbol, pionerbol, stritbol, estafeta va arqon tortish turlari bo’yicha musobaqalar o’tkazildi.
➡️Ommaviy sport tadbirida 37-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining 46 nafar tarbiyalanuvchisi ishtirok etdi. Musobaqa g’oliblari va sovrindorlari tadbir tashkilotchilari tomonidan taqdim etilgan diplom va medallar bilan taqdirlandilar.