⚡️Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli topshirig'iga asosan universitetda 2025/2026-o‘quv yilida chet ellik mutaxassislarning ta’lim va tarbiya jarayonidagi ishtiroki yuzasidan muntazam monitoringni tashkil etish, yot g‘oyalarning tarqalishi va noqonuniy faoliyatlarining oldini olish bo‘yicha universitetda faoliyat yuritayotgan chet ellik professor-o‘qituvchilar bilan universitet prorektorlari davra suhbati tashkil qilindi.
⚡️Suhbat davomida universitetda chet ellik professor-o‘qituvchi va talabalarga yaratilgan sharoitlar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tildi. Universitetning xalqaro munosabatlari, dunyo reytingda kuchli mingtalikga kirish, xorijiy talabalarni jalb qilish to‘g‘risida tajriba almashishdi.
✅Bundan tashqari O‘zbekiston qonunchiligi, ta’lim muassasasi ichki tartib-qoidalari, ma’naviy-ma’rifiy talablar va milliy qadriyatlar yuzasidan tushuntirish berildi.