🗣Bugun, 11-sentyabr kuni Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida “Jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashamiz” shiori ostida universitet birinchi prorektori Sherzod Mirzanov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Chirchiq shahar bosh mutaxasisi Voxidjon Hamidov, kafedra mudirlari, professor-oʻqituvchilar hamda talabalar ishtirokida maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
✅ Tadbirda bugungi davr globallashuvining shiddatli tus olishi dunyo miqyosida gʻoyaviy-mafkuraviy tahdidlarning tobora avjiga chiqishiga zamin yaratayotgani, shuningdek, dunyoviy va diniy bilimlar borasida sogʻlom dunyoqarashni sayozligi, sof diniy tushunchalarning asl mazmunini anglamaslik, bilmaslik insonlarni terrorizm girdobiga griftor etayotgani borasida fikrlar bildirildi.
✔️Oʻz navbatida, gʻoyaviy tahdidlar taʼsiridan yoshlarni asrash va ularda bunday illatlarga qarshi immunitet shakllanishida pedagoglarning oʻrni nihoyatda katta ekanligiga alohida urgʻu berildi.