Hurmatli talabalar!
2024/2025 o‘quv yilidagi Qayta o‘qish (yozgi semestr) yakuniy nazorat imtihonlari 2025-yil 11-avgustdan boshlab o‘tkaziladi.
📅 Yakuniy imtihon jadvalini ko‘rish tartibi:
1. HEMIS axborot tizimiga kiring.
2. “Qayta o‘qish” → “Q.O‘qish nazorat jadvali” bo‘limini tanlang.
3. Ochilgan sahifada mos qayta o‘qish turini tanlang:
– Kunduzgi ta’lim — 2024/2025 Qayta o‘qish (yozgi semestr) Kunduzgi
– Sirtqi ta’lim — 2024/2025 Qayta o‘qish (yozgi semestr) Sirtqi
4. Fanlar ro‘yxati chiqadi. Unda joriy va oraliq nazorat sanalari ham bo‘lishi mumkin, ammo siz faqat “Yakuniy nazorat” sanasiga e’tibor qaratib, imtihonga o‘sha kunda kelishingiz kerak.
📍 Muhim:
• Universitet rektorining 2025-yil 11-iyuldagi 312-I/CH-sonli buyrug‘iga asosan, yakuniy nazorat imtihonlari an’anaviy (oflayn) shaklda o‘tkaziladi. Talabalar shaxsan universitetga kelib topshirishlari shart.
📌 Eslatma:
• Yakuniy nazorat kuni universitetga kelib, fan o‘qituvchisi va mutaxassislik fani bo‘yicha kafedraning mas’uli bilan uchrashishingiz kerak.
• Belgilangan sana va vaqtda kelmagan talabalar imtihondan o‘tmagan hisoblanadi.