🏋️♂️ 4–10 iyul kunlari Qozog‘istonning Astana shahrida bo‘lib o‘tgan Og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining so‘nggi 10-iyul kungi musobaqalarida +86 kg ayollar vazn toifasida ishtirok etgan universitetimiz og‘ir atletika yo‘nalishi talabasi Nigora Suvonova 228 kg og‘irlikni o‘ziga bo‘ysundirib, ushbu vazn toifasida kumush medalni qo‘lga kiritdi.
✔️+86 kg ayollar vazn toifasidagi qit’amizning eng iqtidorli yosh atletlari ishtirokidagi qizg‘in bellashuvlar yakunida quyidagi natijalar qayd etildi.
🥇 1-o‘rin — Haeun Lee 🇰🇷 (Janubiy Koreya) – 235 kg
🥈 2-o‘rin — Nigora Suvonova 🇺🇿 (O‘zbekiston) – 228 kg
🥉 3-o‘rin — Mohinur Esonboeva 🇺🇿 (O‘zbekiston) – 223 kg
🔹 4-o‘rin — Siti Aqilah Farhana 🇲🇾 – 221 kg
🔹 5-o‘rin — Thi Hien Tran 🇻🇳 – 220 kg
🔹 6-o‘rin — Sheng-Ci Su 🇹🇼 – 215 kg
👏Barakalla Nigora, kumush medal muborak bo‘lsin.