📌Turkiyaning go‘zal Erzurum viloyatida o‘tkazilayotgan "Palan Extreme" xalqaro sport-sarguzasht musobaqasida O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabalari va o‘qituvchilari ham ishtirok etmoqda. 🏞🇺🇿
✍️Universitet delegatsiyasi musobaqa oldidan to‘rt kunlik tayyorgarlik bosqichida ishtirok etib, lager hayoti, tabiiy sharoitda yashash, toqqa chiqish, kanoeda suzish, velosiped haydash, qidiruv va qutqaruv kabi ko‘nikmalarni mustahkamlashdi.
🔥🚴♂️🏕Musobaqaning dastlabki kunlarida jamoamiz a’lo natijalar bilan ishtirok etib, velopoyga, rafting, xarita yordamida yo‘l topish va boshqa bosqichlarda o‘zining jismoniy tayyorgarligi va jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini namoyish qilmoqda.
✔️Ushbu xalqaro loyiha orqali yoshlarga sport va tabiat uyg‘unligida o‘z imkoniyatlarini sinash, yangi do‘stlar orttirish va xalqaro tajriba almashish imkoniyati yaratilmoqda.
📸 Delegatsiyamiz ishtirokini yoritishda davom etamiz. Ularga oldindagi bosqichlarda omad tilaymiz!