⚡️O‘zDJTSUda Kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlandi.
📆Bugun 2025-yil 7-iyul sanasidan boshlab butun respublikamiz bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihoni mavjud bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlandi.
✔️ Xususan bugundan boshlab O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida ham abituriyentlardan kasbiy (ijodiy) imtihonlarni olish jarayonlari boshlandi.
📌UzDJTSUda kasbiy (ijodiy) imtihonlar belgilangan 51 ta sport turidan tasdiqlangan aniq mezonlar asosida qabul qilinadi;
🔷Ushbu jarayonning adolatli va shaffof o‘tishini ta’minlash maqsadida tegishli sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari)dan 61 nafar tajribali mutaxassis va murabbiylar, universitetdan 82 nafar professor-o‘qituvchi hamda sport ta’lim muassasalaridan 48 nafar tajribali murabbiylar jalb etilgan
✍️Kasbiy (ijodiy) imtihonlar jarayonida har bir abituriyentning iqtidori, jismoniy tayyorgarligi, texnik va taktik ko‘nikmalari xolis va aniq mezonlar asosida baholanishi qat’iy nazoratga olingan. Imtihon natijalari yagona ERP sport platformasi orqali real vaqt rejimida planshetlar yordamida kiritiladi va har bir abituriyentning shaxsiy natijasi avtomatik ravishda ro‘yxatdan o‘tkazilgan mobil telefon raqamiga SMS ko‘rinishida yuboriladi;
⚡️Kasbiy (ijodiy) imtihonlar 2025 yil 7 iyul sanasidan boshlanib – 18 iyul sanasiga qadar Universitet hamda Toshkent shahri, Toshkent viloyati va Nukus shahridagi sport inshootlarida o‘tkaziladi (Kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkaziladigan sport inshootlari ro‘yxati va ularning manzili to‘g‘risidagi ma’lumotlar https://www.jtsu.uz saytida to‘liq yoritilgan (https://t.me/uzdjtsu_rasmiy/28623)).
❗️Kasbiy (ijodiy) imtihonning aniq sanasi, vaqti va manzili har bir abituriyentning my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga yuborildi.
Yuqoridagilarni inobatga olib, abituriyentlardan:
➖o‘zlarining shaxsiy kabinetlari orqali kasbiy (ijodiy) imtihonlarda ishtirok etish ruxsatnomasini yuklab olishlari;
➖ruxsatnomada belgilangan muddat va manzilga imtihon boshlanishidan bir soat oldin yetib borishlari so‘raladi.