#Etirof
✔️O'zbekiston davlat jimsoniy tarbiya va sport universiteti Adaptiv jismoniy tarbiya va parasport kafedrasi talabasi, Para velosport bo'yicha milliy terma jamoa a'zosi Fotima Saipova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq "Kelajak bunyodkori" medali bilan mukofotlandi.
👩🎓Yoshlar kuni munosabati bilan yurtimizning faol va tashabbuskor yosh avlod vakillaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni
🇺🇿Mamlakatimizda yosh avlodni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning davlat va jamiyat hayotidagi faolligini oshirish maqsadida o‘zining yuksak azmu shijoati, ijodiy va intellektual salohiyati, iste’dod va qobiliyatini namoyon etib, halol va samarali mehnati, turli sohalarda erishgan yutuqlari bilan yurtimiz taraqqiyotiga, uning xalqaro obro‘-e’tiborini yanada yuksaltirishga munosib hissa qo‘shayotgan, ona Vatanimizga mehri va sadoqati, namunali xulqi va odobi hamda vatanparvarlik fazilatlari bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan quyidagi tashabbuskor va yetakchi yoshlar "Kelajak bunyodkori" medali bilan mukofotlansin:
✔️Saipova Fotima Dilshod qizi - Velosport bo‘yicha O‘zbekiston milliy paralimpiya terma jamoasi a’zosi.