#BilibOlganYaxshi
⏩Shaxsiy namuna (tone at the top) – rahbariyat tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirish va bunda jamoatga shaxsan namuna bo‘lishi;
⏩Korrupsiyaga nisbatan murosasizlik – xodimlarda korrupsiyaga nisbatan “0 (nol)” darajadagi murosasizlik madaniyatini shakllantirish;
⏩Ochiqlik va shaffoflik – faoliyatda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash;
⏩Xabar berish siyosati – qonun buzilishi, manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida xabar berish;
⏩Komplaens dasturi – korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatini qamrab oluvchi jarayonlar;
⏩Komplaens xodim – korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali yuritish uchun javobgar shaxs;
⏩Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash – faoliyatni turli korrupsiyaviy xavf-xatarlardan himoya qilish va baholab borilishini monitoring qilish;
⏩Samaradorlik va malaka oshirish – xodimlarni korrupsiyaga qarshi madaniyati va bilimini muntazam oshirib borish maqsadida o‘qitish;
⏩Tizimli tahlil – korrupsiyaga qarshi “komplaens-nazorat” xizmatining samarali faoliyat yuritib borishini muntazam ravishda baholab, monitoring qilish;
⏩Kontragent – uchinchi tomon shaxslarining ishonchliligini baholash.