#Dolzarb_90_kun
#Kibersport
#talaba_yutuqlari
💻📱2025-yil 23-25 iyun kunlari Farg‘ona viloyatidagi “Eko city” amfiteatrida “Talabalar Kibersport o‘yinlari – 2025” Respublika chempionatining final bosqichi bo‘lib o‘tdi.
➡️Unda “Dota2”, “CS2”, “FC25” o‘yinlari hamda “Just Dance” fidjital raqs turlari bo‘yicha so‘nggi bosqichga qadar yetib kelgan jamoalar o‘rtasida qizg‘in va murosasiz bahslar kechib, iqtidorli sportchilar saralab olindi.
☄️E’tiborlisi, mazkur musobaqa davomida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti nomini munosib himoya qilgan talabalarimiz "Just Dance” fidjital raqs bahslarida raqib jamoalariga hech qanday imkon qoldirmay chempionlikni tantana qildi va 💵20 million so‘m miqdorida pul yutug‘i bilan taqdirlandi.
👏💐Talabalarimizni g‘alaba bilan muborakbod etamiz!