#hakamlik_faoliyati
🏃🏻♀️🏃Joriy yilning 21-22-iyun kunlari Oʻzbekiston Yengil atletika federatsiyasi sport bazasida yengil atletika boʻyicha Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan murabbiy xotirasiga bagʻishlangan "VII G.Arzumanov Meeting Continental Tour Bronze" xalqaro musobaqasi oʻtkazildi.
✅Ahamiyatlisi, mazkur musobaqada yurtimiz sportchilari bilan bir qatorda Portugaliya, Turkiya, Ukraina, Hindiston, Misr, Chili, Chexiya, Mangoliya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston,Tukmaniston mamlakatlaridan 250 nafar sportchilar ishtirok etdi.
📍Eʼtiborlisi, ushbu xalqaro musobaqada universitetimizning Yengil atletika nazariyasi va uslubiyati kafedrasi professor-oʻqituvchilari hamda talabalari hakamlik vazifalarida faol ishtirok etib, qizgʻin bellashuvlarni baholab bordilar. Eng muhimi, musobaqa davomida talabalar oʻzlarining hakamlik borasidagi koʻnikma va bilimlarini oshirdi.