#hakamlik_faoliyati
🥋Joriy yilning 21-22-iyun kunlari Toshkent tumani sport maktabiga qarashli "Universal" sport majmuasida sportning karate WKF turi boʻyicha 5 yoshdan 18 yoshgacha va 18 yoshdan katta boʻlgan sportchilar oʻrtasida "Keles Open-2025" oltinchi anʼanaviy xalqaro turniri oʻtkazildi.
✅Murosasiz va qizgʻin bahslarga boy tarzda oʻtgan mazkur turnir 30 nafar hakamlar guruhi tomonidan boshqarib borildi. Eʼtiborlisi, hakamlar safida Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Jangavor yakkakurash sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi professor-oʻqituvchilari ham faol ishtirok etdi.
📍Aytish joizki, Yoshlar oyligi doirasida oʻtkazilgan ushbu xalqaro turnir nafaqat Toshkent tumani, balki mamlakatimizning har bir viloyatidan, qolaversa Qozogʻiston va Tojikiston Respublikasidan tashrif buyurgan 700 nafardan ziyod yoshlarni birlashtirishga erishdi.