#qabul2025
📍Bugun, 21-iyun kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Futbol, Gimnastika sport turlari, Milliy kurash turlari, Menejment va sport tadbirlarini tashkil etish kafedralari mas’ullari tomonidan olis hududlardagi bitiruvchi o‘quvchilarni universitetga jalb qilish bo‘yicha joylarda targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
✔️Jumladan, Toshkent viloyatining Chinoz, Yangiyoʻl, Toshkent, Zangiota hamda Qibray tumanlaridagi umumta’lim maktablarida o‘quvchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.
🗣Unda mas’ullar universitet faoliyati, talabalar uchun yaratilgan sharoit va qulayliklar, kadrlar tayyorlanadigan ta’lim yo‘nalishlari va shakllari, o‘zlashtirish ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan talabalarga taqdim etiladigan ta’lim grantlari, stipendiyalar, shuningdek, qabul jarayonlariga oid zaruriy ma’lumotlar berib, o‘quvchilarni qiziqtirgan savollariga atroflicha javob qaytardilar.