#xalqaro_hamkorlik
🇺🇿🤝🇰🇿O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda Qozog‘istonning nufuzli oliy ta’lim muassasasi Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston Milliy Universiteti o‘rtasida xalqaro hamkorlik o‘rnatildi.
⚡️Aytish joizki, mazkur hamkorlik doirasida kelgusida qator yo‘nalishlarda birgalikda ish olib borish rejalashtirilgan. Xususan:
➡️ilmiy-tadqiqot va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish,
➡️o‘qituvchi va talabalar o‘rtasida akademik mobillikni yo‘lga qo‘yish,
➡️QS va THE xalqaro reytinglaridagi ishtirokni kuchaytirish,
➡️ilmiy jurnallarda hamkorlikda maqolalar chop etish,
➡️xalqaro konferensiyalar va forumlarda birgalikda qatnashish shular jumlasidandir.
Shuningdek, ushbu hamkorlik O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetini xalqaro maydonidagi nufuzini yanada mustahkamlab, strategik rivojlanish yo‘lida muhim poydevor bo‘lib xizmat qilishi bilan katta ahamiyat kasb etadi.
📍Ma’lumot o‘rnida, Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston Milliy Universiteti dunyoning eng nufuzli QS xalqaro reyting tizimida 163-o‘rinni egallagan bo‘lib, ta’lim, fan va innovatsiya sohalarida xalqaro miqyosda yuqori e’tirof etilgan oliygohlardan biridir.