#o‘quv_seminar
✔️Ma’lumki, 2025-yil 13-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida bo‘lib o‘tgan “Olimpiya va paralimpiya harakatini yanada rivojlantirish, ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish hamda aholi jismoniy faolligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi videoselektor yig‘ilishida har bir oliygohda olimpiya sport turlari bo‘yicha sport klublarini tashkil qilish yuzasidan ustuvor vazifalar belgilab berilgan edi.
📊Bugun, 17-iyun kuni O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida mazkur ustuvor vazifalar ijrosi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida Davlat oliy ta'lim muassasalaridagi Sport klublari rahbarlari uchun o'quv seminar kursi boshlandi.
✔️Dastlab, o‘quv kursining ochilish marosimi o‘tkazilib, unda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori Rashid Matkarimov, Sport vazirligi mas'ul xodimi Muqim Arziqulov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakili Alisher Islomov, O‘zbekiston talabalar sporti assosatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Erkin Qodirov, davlat oliy ta’lim muassasalari Sport klubi raislarining o‘rinbosarlari hamda kafedra mudirlari ishtirok etdi.
🖥Seminarning ilk kunida kurs tinglovchilari uchun sohaga oid dolzarb mavzularda ma’ruzalar qilindi. Xususan, yuqori malakali sportchilar ko‘p yillik tayyorgarligining zamonaviy muammolari va yechimlari, oliy ta’lim muassasalari jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari malakasini oshirish masalalari hamda sport faoliyatida muvaffaqiyatning psixofiziologik mezonlari singari mavzular kurs tinglovchilarining diqqat markazida bo‘ldi.
☄️Aytish joizki, qizg‘in savol-javob va muhokamalarga boy tarzda boshlangan ushbu o‘quv seminari sport klublari rahbarlari uchun tizimni rivojlantirish va mavjud muammolarni bartaraf etish yo‘lida katta tajriba maydoni bo‘lib xizmat qilmoqda.
📌Eslatib o‘tamiz, Sport klublari raislari o‘rinbosarlari uchun uchun tashkil etilgan o'quv seminar kursi 19-iyun sanasiga qadar davom etadi.