#sport_musobaqasi
#To'maris_izdoshlari
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilgan “To‘marisning kuchi bizda!” shiori ostidagi “To‘maris izdoshlari” nomli sport musoboqasining Toshkent shahri bosqichi Toshkent davlat tibbiyot universitetida o'tkazildi.
✔️"Sport oyligi" doirasida tashkil etilgan ushbu musobaqada Toshkent sharida joylashgan oliy ta'lim muassasalaridan jami 33 ta jamoa g'oliblik uchun o'zaro bellashdilar.
🤔Ahamiyatlisi, yosh avlod, ayniqsa talaba-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sportga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish hamda irodali, faol va yetakchi qizlarni tarbiyalashni maqsad qilgan ushbu musobaqada O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Yengil atletika nazariyasi va uslubiyati kafedrasi talaba-qizlari hakam sifatida faol ishtirok etdi va o'yin jarayonlarini boshqarib bordilar.