#xizmat_safari
🔼Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori Rashid Matkarimov boshchiligidagi delegatsiya Germaniyaning Kyoln shahrida joylashgan German Sport University Cologne (GSU) universitetida xizmat safarida bo‘lib turibdi.
🖥Safar doirasida universitetimizning professor-o'qituvchilari F.Kerimov, O.Goncharova, J.Ishtayev, O.Xasanov, M.Azizov hamda A.Hamidjonov mezbon oliygohda tashkil etilgan xalqaro konferensiyada o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etdilar.
💬Shuningdek, konferensiya davomida xorijiy mutaxassislar bilan jismoniy tarbiya va sport sohasiga oid qimmatli ma’lumotlar almashilib, mazkur yo‘nalishda xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan istiqbolli rejalar belgilab olindi.
📌Eslatib o‘tamiz, delegatsiyamiz a’zolarining Germaniyadagi xizmat safari 17-may sanasiga qadar davom etadi.